Ilovaning o‘zida
Eng tez yo‘l — ilova: Profil → Hisobni o‘chirish (sahifaning pastida, «Chiqish» tugmasi ostida). Tasdiqlaganingizdan so‘ng hisob darhol yopiladi va barcha qurilmalarda tizimdan chiqiladi.
Ilovasiz so‘rov yuborish
yarashev.work@gmail.com manziliga «Hisobni o‘chirish» mavzusi bilan xat yuboring va xatda hisob ro‘yxatdan o‘tkazilgan telefon raqamini ko‘rsating. Xuddi shu so‘rovni +998 94 351 19 10 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib ham qoldirishingiz mumkin.
Qancha vaqt ketadi
Hisob so‘rov bilan birga yopiladi, shaxsiy ma’lumot esa 30 kundan keyin butunlay o‘chiriladi. Shu 30 kun ichida o‘sha telefon raqami bilan qayta kirsangiz, so‘rov bekor bo‘ladi va hisob tiklanadi. 30 kundan keyin tiklab bo‘lmaydi; o‘sha raqam bilan faqat yangi hisob ochiladi.
Nima o‘chiriladi
- ism, familiya, tug‘ilgan sana, jins va profil rasmi;
- saqlangan yetkazib berish manzillari va ularning koordinatalari;
- savat, sevimlilar ro‘yxati va ko‘rilgan mahsulotlar tarixi;
- ovozli buyurtma yozuvlari, transcript va AI suhbat tarixi;
- push bildirishnoma tokeni va bildirishnoma sozlamalari;
- operator bilan yozishmalaringiz;
- qoldirgan sharhlaringiz.
Nima saqlanib qoladi
- Buyurtma va to‘lov hujjatlari — buxgalteriya va soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talab qilgan muddat davomida. Bu yozuvlarda ismingiz, telefon raqamingiz, manzil, koordinatalar va izohingiz o‘chiriladi; buyurtma raqami, sana, summa, tarkibi va hudud (viloyat, tuman) qoladi.
- Ishlatilmagan cashback — hisob bilan birga bekor qilinadi va tiklanmaydi.
Faqat ma’lumotning bir qismini o‘chirish
Hisobni butunlay o‘chirmasdan ham: ism, tug‘ilgan sana va manzillarni ilovaning «Profil» bo‘limida tahrirlashingiz, saqlangan manzil va sevimlilarni o‘chirishingiz, mikrofon, joylashuv va bildirishnoma ruxsatlarini telefon sozlamalaridan qaytarib olishingiz mumkin.