Yordam

Hisobni o‘chirish

Oxirgi yangilanish: 2026-10-05

Fresh Express hisobingizni va unga bog‘langan ma’lumotni o‘chirishni shu sahifada tasvirlangan tartibda talab qilishingiz mumkin.

Ilovaning o‘zida

Eng tez yo‘l — ilova: Profil → Hisobni o‘chirish (sahifaning pastida, «Chiqish» tugmasi ostida). Tasdiqlaganingizdan so‘ng hisob darhol yopiladi va barcha qurilmalarda tizimdan chiqiladi.

Faol buyurtmangiz bo‘lsa, avval u yetkazilishi yoki bekor qilinishi kerak. Kuryer hisobida topshirilmagan naqd pul yoki yakunlanmagan yetkazish bo‘lsa, avval ular yopiladi.

Ilovasiz so‘rov yuborish

yarashev.work@gmail.com manziliga «Hisobni o‘chirish» mavzusi bilan xat yuboring va xatda hisob ro‘yxatdan o‘tkazilgan telefon raqamini ko‘rsating. Xuddi shu so‘rovni +998 94 351 19 10 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib ham qoldirishingiz mumkin.

So‘rovni faqat hisob egasi yuborishi mumkin. Shuning uchun biz o‘sha telefon raqamiga bir martalik tasdiqlash kodini yuboramiz — kodni tasdiqlaganingizdan keyin o‘chirish boshlanadi.

Qancha vaqt ketadi

Hisob so‘rov bilan birga yopiladi, shaxsiy ma’lumot esa 30 kundan keyin butunlay o‘chiriladi. Shu 30 kun ichida o‘sha telefon raqami bilan qayta kirsangiz, so‘rov bekor bo‘ladi va hisob tiklanadi. 30 kundan keyin tiklab bo‘lmaydi; o‘sha raqam bilan faqat yangi hisob ochiladi.

Nima o‘chiriladi

  • ism, familiya, tug‘ilgan sana, jins va profil rasmi;
  • saqlangan yetkazib berish manzillari va ularning koordinatalari;
  • savat, sevimlilar ro‘yxati va ko‘rilgan mahsulotlar tarixi;
  • ovozli buyurtma yozuvlari, transcript va AI suhbat tarixi;
  • push bildirishnoma tokeni va bildirishnoma sozlamalari;
  • operator bilan yozishmalaringiz;
  • qoldirgan sharhlaringiz.

Nima saqlanib qoladi

  • Buyurtma va to‘lov hujjatlari — buxgalteriya va soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talab qilgan muddat davomida. Bu yozuvlarda ismingiz, telefon raqamingiz, manzil, koordinatalar va izohingiz o‘chiriladi; buyurtma raqami, sana, summa, tarkibi va hudud (viloyat, tuman) qoladi.
  • Ishlatilmagan cashback — hisob bilan birga bekor qilinadi va tiklanmaydi.
30 kundan keyin o‘chirish qaytarilmaydi. Buyurtmalar tarixi kerak bo‘lsa, so‘rov yuborishdan oldin ilovadan ko‘chirib oling.

Faqat ma’lumotning bir qismini o‘chirish

Hisobni butunlay o‘chirmasdan ham: ism, tug‘ilgan sana va manzillarni ilovaning «Profil» bo‘limida tahrirlashingiz, saqlangan manzil va sevimlilarni o‘chirishingiz, mikrofon, joylashuv va bildirishnoma ruxsatlarini telefon sozlamalaridan qaytarib olishingiz mumkin.