Yordam

Yordam

Buyurtma, yetkazib berish, to‘lov yoki hisobingiz bo‘yicha savolingiz bo‘lsa, bizga yozing — murojaatlarni Fresh Express operatorlari ko‘rib chiqadi.

Biz bilan bog‘lanish

Ilova ichida

Profil → Operator bilan chat

Hisobingizga kirib, operatorga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yozing. Javob shu chatga keladi va bildirishnoma bo‘lib ham chiqadi.

Email

yarashev.work@gmail.com

Buyurtma haqida yozsangiz, buyurtma raqamini (FE-…) qo‘shing.

Telefon

+998 94 351 19 10

Shoshilinch savollar uchun.

Telegram

@b_yarashev

Telegram orqali yozing.

Buyurtma raqami (FE-…) ilovadagi «Buyurtmalarim» bo‘limida ko‘rsatilgan — uni yozsangiz, javob tezroq bo‘ladi.

Ko‘p beriladigan savollar

Buyurtmam qayerda?

Ilovada «Buyurtmalarim» bo‘limini oching — har bir buyurtmaning holati shu yerda. Kuryer yo‘lga chiqqach, uni xaritada kuzatasiz; holat o‘zgarganda bildirishnoma keladi.

Buyurtmani qanday bekor qilaman?

Buyurtmani bekor qilish mumkin bo‘lgan paytda «Buyurtmalarim»da buyurtma sahifasining yuqorisida bekor qilish tugmasi turadi. Tugma ko‘rinmasa, buyurtma allaqachon yo‘lda — operatorga yozing.

Mahsulot yetishmayapti, noto‘g‘ri yoki sifatsiz keldi

Yetkazilgandan keyin 24 soat ichida bizga yozing va buyurtma raqamini qo‘shing. Nosoz yoki noto‘g‘ri mahsulot uchun pul qaytariladi yoki mahsulot almashtiriladi.

Pul yechildi, lekin buyurtma o‘tmadi

Buyurtma raqami va to‘lov vaqtini yozib, bizga murojaat qiling. To‘langan, lekin bajarilmagan buyurtma puli to‘lov provayderi qoidalari bo‘yicha qaytariladi.

SMS kod kelmayapti

Raqam to‘g‘ri kiritilganini tekshiring, bir daqiqa kuting va kodni qayta so‘rang. Baribir kelmasa, yuqoridagi email yoki telefon orqali bog‘laning.

Hisobimni qanday o‘chiraman?

Ilovada: Profil → «Hisobni o‘chirish». Nima o‘chirilishi va qancha vaqt olishi hisobni o‘chirish sahifasida yozilgan.

Hujjatlar